| Savol |
|---|
| Ahli sunna val jamoaning aqida bo'yicha ikki imomini ko'rsating. |
| «Havo» so'zi lug'atda qanday ma'nolarni anglatadi? |
| «… moddiy lazzatlarga xosdir». Nuqtalar o'rnini to'ldiring |
| Imom Abu Dovud qilgan rivoyatda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mening ummatimdan bir qavm chiqadiki, havoyi nafs ularga xuddi … kasali hech bir tomirni qo'ymay kirgandek kiradi», deganlar. Nuqtalar o'rnini to'ldiring |
| Handaq g'azotida qaysi yahudiy qabila Payg'ambar alayhissalom bilan sulh tuzgan bo'lishiga qaramay, u zotga qarshi urushga chiqadi? |
| «Odamlar fiqhda Abu Hanifaning boqimandalaridir», deb kim aytgan edi? |
| Alloh taoloni ko'rib turgandek ixlos bilan ibodat qilish nima deb ataladi? |
| «Ehson» so'zi lug'atda qanday ma'noni anglatadi? |
| Iymon-e'tiqod masalalariga oid ilohiy ta'limotlar to'plami odatda nima deb ataladi? |
| Ruhiy tarbiyaga oid diniy ta'limotlarni o'rgatadigan ilm nima deb ataladi? |
| «Jabroil hadisi»ga muvofiq dinning asosi nimalardan tashkil topgan? |
| Qur'oni karim necha yil davomida nozil bo'ldi? |
| Dastlab qayerda va necha yil davomida aqidaga bog'liq oyatlar nozil bo'ldi? |
| Muhammad sollallohu alayhi vasallam Yamanga dinni o'rgatish uchun kimni yuborganlar? |
| «…» so'zi lug'atda bir narsani nozik yerlarigacha, chuqur tushunish ma'nosini bildiradi. |
| «…» so'zi lug'atda "chiroy", "go'zallik" hamda "yurish", "borish", "ketish" degan ma'nolarni bildiradi. |
| ... - tafsiliy dalillardan kasb qilib olingan amaliy, shar'iy hukmlar majmuasidir. |
| «Batafsil dalil-hujjatlardan shariatning amaliy ahkomlarini istinbot etish qoidalarini o'rgatuvchi ilm … dir». Nuqtalar o'rnini to'ldiring. |
| Payg'ambarimiz alayhissalom Madinaga qaytishdan oldin ahli Makkaga Qur'oni karimdan ta'lim berish uchun kimni qoldirdilar? |
| Islom davlatining ilk poytaxti ... shahridir. |
| Basra shahri kimning buyrug'i bilan bunyod etilgan? |
| Turkiyada asosan qaysi fiqhiy mazhab tarqalgan? |
| Indoneziyada asosan qaysi fiqhiy mazhab tarqalgan? |
| Jazoirda asosan qaysi fiqhiy mazhab tarqalgan? |
| Arabiston yarim orolida qaysi mazhab tarqalgan? |
| Imom Abu Yusuf rahmatullohi alayhining qalamlariga oid asar qaysi? |
| Faqihlar hukm chiqarishda avvalo qaysi manbaga murojaat qilishadi? |
| Qur'onni kitob shakliga keltirish fikrini kim taklif qilgan edi? |
| Musulmon ummatining e'tirof etgan mujtahidlari birgalikda hal etgan yechim - qaror fiqhda nima deb nomlanadi? |
| «Ijmoga amal qilish har bir musulmon uchun …». Nuqtalar o'rnini to'ldiring |
| Qur'on, Sunnat va Ijmodan keyingi to'rtinchi masdar (manba) - bu? |
| Tahoratning farzi nechta? |
| «Ey iymon keltirganlar! Namozga tursangiz, yuzlaringizni va qo'llaringizni chig'anoqlari ila, boshlaringizga mas'h tortib, oyoqlaringizni to'piqlari ila (yuvinglar)». Ushbu oyat qaysi surada keltirilgan? |
| Tahoratda a'zolarga kamida necha qatra suv quyish kerak? |
| Tahorat qilayotgan odam a'zolarini bir marta yuvishi … ? |
| Tahoratda a'zolarni uch marta yuvmoq …. ? |
| Agar quduqqa butun tezak tushsa, suvni najas qiladimi? |
| Agar quduqqa yarimta tezak tushsa, uni najas qiladimi? |
| «Daqiq ma'nolarni anglatuvchi ilm - ….». Nuqtalar o'rnini to'ldiring |
| Abbosiylar qaysi rangni o'zlariga shior qilib olgan edilar? |
| Hanafiy mazhabida boshning nechta qismiga mas'h tortish farz hisoblanadi? |
| Bir ishda bir mazhabga, ikkinchi bir ishda boshqasiga ergashish nima deb ataladi? |
| Omi odamga va ijtihod martabasiga yetmagan kishiga mujtahidlarning mazhablari ichidan o'zi boshqasidan ko'ra ustunroq yoki teng deb e'tiqod qilgan birorta muayyan mazhabni lozim tutishi … bo'ladi. |
| Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O'zingizga … jamoani - savodi a'zamni lozim tuting!», deganlar. Nuqtalar o'rnini to'ldiring |
| Mujtahidlar hukm chiqarishda suyanadigan asosiy to'rt manbalar qaysilar? |
| «Sihohi sitta»ni dars qila oladigan, umumiy ma'nodagi hadisning maqsadlarini tushuntira oladigan odam nima deb ataladi? |
| «Robitatul Olamil Islamiy» tashkiloti qayerda joylashgan? |
| Hujjat bo'lmagan shaxsning gapini hujjatini bilmasdan qabul qilib, amal qilish nima deb ataladi? |
| Musulmonlarning o'zlarining orasidagi birinchi aqidaviy tortishuvlar kimning davrida bo'lib o'tdi? |
| Mo'taziliylar mazhabiga asos solgan odam kim? |
| Hazrat Ali roziyallohu anhuning davrlarida musulmonlarga qarshi chiqib, ularga xuruj qilgan firqaning nomi nima? |
| Hazrat Ali roziyallohu anhuga tarafkashlik qilgan firqaning nomi nima? |
| Vosil ibn Ato kimning shogirdi edi? |
| «Banda o'z ishlarini qilishga qodirdir, ularni yaratuvchidir». Ushbu e'tiqodga amal qiluvchi firqa qaysi? |
| «Musulmonlarning qancha gunohi bo'lsa ham, Alloh kechib yuboradi», deb e'tiqod qiluvchi firqaning nomi? |
| Imom Moturidiy qayerda tug'ilganlar? |
| Imom Moturidiy fiqhda qaysi mazhabda bo'lganlar? |
| «Imamul huda» - (Hidoyat imomi) nomiga sazovor bo'lgan zot? |
| Imom Moturidiy rahmatullohi alayhining bosh asarlaridan birining nomi qaysi javobda to'g'ri berilgan? |
| «Mutavotir hadis ila sobit bo'lgan hukmni inkor qilgan kimsa … bo'ladi.». Nuqtalar o'rnini to'ldiring. |
| Aqoidning borliqdagi mavjud insonlar, farishtalar, jinlar va sababiyat qonunlari haqida bahs yuritiladigan bo'limi nima deb ataladi? |
| Moturidiy ta'limotiga ko'ra, iymon ziyoda va noqis bo'ladimi? |
| Qaysi tariqatda zikr jahriy bo'ladi? |
| «Albatta Qur'on … harfda nozil qilingandir». Nuqtalar o'rnini to'ldiring. |
| «... - qiroat olimi bo'lib, uni og'zaki rivoyat qilgan kishidir» |
| Qiroatlarning manbasi nima? |
| Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etadigan yillari Qur'oni karimni boshidan oxirigacha Jabroil alayhissalomga necha marta o'qib berganlar? |
| Hozirga kelib, qiroatlar ichida ko'pchilik tomonidan qabul qilinib, amalda qolgani nechta? |
| Islom olamining mashriq va markaziy tarafining barchasida keng tarqalgan qiroat qaysi? |
| Imom Nofe'dan Varsh rivoyat qilgan qiroat Islom olamining qayerida keng tarqalgan? |