| Savol |
|---|
| "Albatta, amallar niyatga bog'liqdir..." hadisi qaysi sahoba tomonidan rivoyat qilingan? |
| Imom Abu Dovud mo'minning dini uchun nechta hadis kifoya qiladi deganlar? |
| Hadisda keltirilgan nuqtalar o'rnini to'ldiring: «Qaysi bir odamning kechasi o'qiydigan namozi bo'lsa-yu, uyqu unga g'olib kelsa, albatta, unga namozning ajri yoziladi. Uyqusi esa unga … bo'ladi» |
| Hadisi qudsiyda keltirilishicha agar Alloh bandalaridan biriga muhabbat qilgan bo'lsa, uning qalbiga nimani joylab qo'yadi? |
| Bandadan sodir bo'ladigan ixlos necha qismga taqsimlanadi? |
| Ixlosning nechta darajasi bor? |
| «Ba'zi kichik amallarni niyat kattalashtiradi, ba'zi katta amallarni niyat kichiklashtiradi». Ushbu hikmatli so'zning muallifi kim? |
| Qaysi vasila (biror ibodatni bajarish uchun lozim bo'lgan amal)da niyat shart qilinadi? |
| Qaysi namoz niyatsiz durust bo'ladi? |
| Nisob egasi zakotini niyat qilmasdan, molining hammasini sadaqa qilib yuborsa, zakot ibodatini ado qilgan bo'ladimi? |
| Ramazon ro'zasida ro'za to'g'ri bo'lishi uchun qanday niyat qilinadi? |
| Haj va Umrada niyatning hukmi qanday? |
| Ibodatlarning qazolari uchun niyatning o'rni qanday? |
| Musulmon kishi but-sanam uchun qul ozod qilsa, nima bo'ladi? |
| Kishi ayoli tushunmaydigan tilda sarih lafz bilan taloq qilsa, taloq tushadimi? |
| Kinoyali tarzda taloq qilsa taloq tushadimi? |
| Junub kishi va hayz ko'rgan ayol Qur'on o'qisa bo'ladimi? |
| Musulmon o'z birodari bilan uch kecha-kunduzdan ortiq arazlab yurishida niyatning o'rni |
| Sotuvchi xaridorga molini ko'rsatayotib, "Subhanalloh" desa, bu bilan molining yaxshi ekanligini maqsad qilgan bo'lsa, nima bo'ladi? |
| Qaysi o'rinda kishi sultonga sajda qilsa, kofir bo'lmaydi? |
| Topib olingan narsani olish qachon halol bo'ladi? |
| Qachon Qur'onni yostiq qilib yotish makruh bo'lmaydi? |
| «Niyat shariatda - Alloh taoloning roziligini talab qilib va Uning hukmiga bo'ysunib bir ishni qilishiga yuzlangan irodadir». Yuqoridagi ta'rif kim tomonidan aytilgan? |
| Imom Abu Dovud mo'minning dini uchun nechta hadis kifoya qiladi deganlar? |