| Savol |
|---|
| Qaysi sahoba «Zunnurayn» laqabini olgan edi? |
| Qaysi javobda 4 ta roshid xalifalar (roziyallohu anhum) afzalliklari bo'yicha to'g'ri keltirilgan? |
| Nabiy sollallohu alayhi vasallam Uhud tog'iga 3 ta sahobalari bilan chiqdilar. Shunda tog' silkinadi. U zot: «Ey Uhud, sobit tur! Ustingda nabiy, siddiq va ikki shahid turibdi!» deydilar. Ikki shahiddan murod kimlar edi? |
| Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Farishtalar hayo qiladigan odamdan men hayo qilmas ekanmanmi?!» deya e'tirof etgan sahoba kim edi? |
| Hazrat Usmon ibn Affon roziyallohu anhu qachon va qayerda tavallud topganlar? |
| Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Lut alayhissalomdan keyin o'z ahli bilan hijrat qilgan avvalgi shaxs», deya e'tirof qilgan sahoba kim edi? |
| Hudaybiya kuni Rizvon bay'atida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir qo'llarining ustiga ikkinchi qo'llarini qo'yib qaysi sahobiy nomlaridan bay'at qiladilar? |
| Usmon roziyallohu anhu qaysi urushda 1000 dinor pul (4 kg sof oltin) va 600 ta tuyani egar-jabdug'i bilan zimmasiga olganlar? |
| Usmon roziyallohu anhuga qaysi sanada xalifalikka bay'at berildi? |
| Hazrat Usmon roziyallohu anhuning xalifa bo'lganlaridan keyin qilgan dastlabki eng asosiy ishlari nima bo'ldi? |
| Hijriy 25-yilda musulmonlarning soni ko'paygach, Qur'on o'qishda turli kelishmovchiliklar chiqa boshladi. Orada katta fitna chiqish xavfi tug'ildi. Bu xavfni birinchi bo'lib qaysi sahobiy anglab yetib, Usmon roziyallohu anhuga arz qiladi? |
| Usmon roziyallohu anhu tomonidan Islom tarixidagi birinchi dengiz orqali fath yurishi Qubrus (Kipr)ga qaysi sahobiy qo'mondon qilib saylangan? |
| Usmon roziyallohu anhuning xalifalik davrlarida butun Islom olamida katta fitna tarqalishiga sababchi bo'lgan nobakor yahudiy kim edi? |
| Juma namozida birinchi azonning ziyoda qilinishi qaysi xalifa darvrida joriy qilingan? |
| Masjidlarga «xaluq» nomli xushbo'y modda sochib turish qaysi xalifa davrida yo'lga qo'yilgan? |
| Muazzinlarga maosh belgilash qachondan boshlangan? |
| Islom tarixida masjidda imom uchun maxsus joy ajratilishi qachondan boshlangan? |
| «Yavmuddor» hodisasi nima? |
| Hazrat Usmon roziyallohu anhuga temir qilich bilan hamla qilgan badbaxt fitnachi kim edi? |
| Hazrat Usmon roziyallohu anhu qaysi sanada shahid bo'ldilar? |
| Nabiy sollallohu alayhi vasallam kimga: «Sen mendansan, men sendanman», deganlar? |
| Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaysi sahoba haqida: «U kishini munofiq yaxshi ko'rmaydi. Uni mo'min yomon ko'rmaydi», degan edilar? |
| Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ali roziyallohu anhuni kim bilan birodar qildilar? |
| Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Masjidi Nabaviyga kishilarni kim bo'lishidan qat'i nazar junub holda kirishni man qildilar. U zot bu amrdan ikki kishini istisno qildilar. Biri u zotning o'zlari bo'lsa, ikkinchisi qaysi sahoba edi? |
| Qaysi urush bo'lib o'tgan kunni Alloh taolo «Furqon kuni», ya'ni «Haq bilan botilni ajratadigan kun», deb nomlagan? |
| Xaybar kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ertaga bayroqni albatta, Alloh va Uning Rasuli yaxshi ko'radigan kishi oladi. Unga fath nasib bo'ladi», deydilar. Bayroq qaysi sahobaga beriladi? |
| Makka fathida qaysi sahoba musulmonlar bayrog'ini ko'tarib kirdilar? |
| Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Allohning nomidan sirli suhbat qilgan sahoba kim edi? |
| Hijriy sanani Madinaga hijrat qilingan yildan boshlab hisoblashni qaysi sahoba birinchi bo'lib taklif bergan? |
| Zinnuroyn deb qaysi sahobaga aytiladi? |
| Dengiz shahidi laqabini olgan sahoba kim |
| Dengiz shahidi laqabini olgan sahoba kim |