| Savol |
|---|
| «Qur'onnning kelinchagi» nomini olgan sura qaysi? |
| Ar-Rohman surasida «Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursiz?!» oyati necha marotaba takrorlangan? |
| «Voq'ia» qanday ma'noni anglatadi? |
| Voqi'a surasidagi «Uni faqat poklanganlargina ushlaydir» oyatidan qanday hukm olingan? |
| Payg'ambarimiz alayhissalom Voqi'a surasidagi «Bas, ulug' Robbing ismini poklab yod et» oyatini namozdagi qaysi holatda aytishni buyurganlar? |
| Hadisda kelishicha qaysi surani har kechada o'qigan odam kambag'allik ko'rmaydi deyilgan? |
| «Hadid» so'zi lug'atda qanday ma'noni anglatadi? |
| Rasululloh sollallohu alayhivasallamga minbar qilib berilgunicha nimaning ustida xutba qilganlar? |
| Payg'ambarimiz alayhissalom qaysi mo'minlarning iymonini ajablanarli deb aytganlar? |
| Qaysi sahoba Hadid surasining «Allohga yaxshi qarz beradigan kishi bormi?!» oyati nozil bo'lganda 600 tupli xurmo bog'ini sadaqa qilgan edi? |
| «Mujodala» so'zi lug'atda qanday ma'noni anglatadi? |
| Mujodala surasining ilk oyatlari nozil bo'lishiga sababchi bo'lgan sahobiya kim edi? |
| Hadislarda olimning obiddan farqi nimaga o'xshatilgan? |
| «Hashr» so'zining lug'aviy ma'nosi nima? |
| Rasululloh sollallohu alayhivasallamning iznlari bilan mushrik Ka'b ibn Ashrafni o'ldirgan sahobiy kim? |
| Rasululloh sollallohu alayhivasallamning ustilariga tosh tashlab o'ldirmoqchi bo'lgan qabila qaysi edi? |
| Hashr surasining 9-oyatida Alloh taolo ansorlarning qaysi sifatini maqtagan? |
| Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam uning jannatiyligini bashoratini bergan ansoriy sahobaning uyiga borib, uch kun kuzatgan sahoba kim edi? |
| Payg'ambarimiz sollallohu alayhivasallam «Hashr» surasining oxirgi uch oyatini tongda va kech kirganda o'qigan insonga qanday bashoratni va'da qilganlar? |
| «Mumtahana» so'zining ma'nosi nima? |
| Payg'ambarimiz alayisallom Makkani fath qilishga qasd qilganliklari haqida yashirincha xat yozib, uni Qurayshga jo'natgan kishi kim edi? |
| Hudaybiya sulhidan so'ng qaysi ayol Makkadan Madinaga hijrat qilib kelgan? |
| Musulmonlar Habashistonga hijrat qilib kelganda qaysi sahobiy Najoshiy oldida musulmonlarning vakili sifatida gapirgan? |
| Payg'ambarimiz sollallohu alayhivasallam: «Agar iymon Surayyoda bo'lsa ham, mana bulardan bo'lgan kishilar unga yetadilar», deb qaysi sahobani nazarda tutganlar? |
| Alloh taolo: «… ustiga kitob yuklangan eshakka o'xsharlar», deb kimlarni aytgan? |
| Qaysi halifa davrida Juma namoziga ikkita azon aytish joriy qilindi? |
| Munofiqun surasi nozil bo'lib, qaysi yosh sahobiy yolg'onchilikdan poklandi? |
| Munofiqun surasining ilk oyatlari musulmonlarning qaysi g'azotdan qaytayotganlarida nozil bo'ldi? |
| «Tag'obun» so'zi qanday ma'noni anglatadi? |
| Misr podshohi tomonidan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga hadya qilingan cho'rining, keyinchlik esa mo'minlar onasi degan muborak nomga sazovor bo'lgan ayolning ismi nima edi? |
| Alloh taolo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qaysi ayollarining nikohini Qur'oni Karimda zikr qilgan? |
| Tahrim surasidagi «Agar ikkovingiz Allohga tavba qilsangiz, batahqiq qalblaringiz (haqqa) moyil bo'lur» oyati kimlar haqida nozil bo'lgan? |
| Qur'oni Karimning 28-juzi nechta suradan iborat? |
| 28-juzdagi qaysi suralar Allohga tasbeh aytish bilan boshlanadi? |
| Qabr azobidan najot beruvchi sura qaysi? |
| Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, Allohning kitobida bir sura bor, uning oyatlari o'ttizta xolos, kishiga qiyomat kuni shafoat qiladi», deb qaysi surani aytganlar? |
| Qalam surasining 1-oyati qaysi «Hijo» (alifbo) harf bilan boshlangan? |
| Qalam surasining 10-16 oyatlari qaysi mushrik haqida nozil bo'lgan? |
| Qalam surasidagi: «Tezda uning tumshug'iga belgi qo'yamiz» oyati nozil bo'lgach, Valid ibn Mug'iyraning qaysi jangda burunini qilich kesdi? |
| Yunus alayhisslom qaysi qavmga payg'ambar etib yuborilganlar? |
| Hud alayhisslom qaysi qavmga payg'ambar etib yuborilganlar? |
| «G'isliyn» so'zi qanday ma'noni anglatadi? |
| Ma'orij surasining dastlabki oyatlari nozil bo'lishiga kim sababchi bo'ldi? |
| «Jin» so'zining lug'aviy ma'nosi nima? |
| Jinlar nima bilan ozuqlanadi? |
| «Muzammil» so'zi lug'atda qanday ma'noni anglatadi? |
| Muzammil surasining ilk oyatlari nozil bo'lganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kimning huzurida edilar? |
| Vahiyning shiddatidan sonlari yorilib ketay degan sahoba kim edi? |
| Rasululloh sollallohu alayhivasallam va sahobalari kechalari qoim bo'lish farz bo'lgach, necha yil kechalari qoim bo'lishdi? |
| Alaq surasining dastlabki oyatlari nozil bo'lgandan keyin qaysi suralar nozil bo'ldi? |
| Mudassir surasining: «Meni O'zim yakka yaratgan kishi bilan qo'yib qo'y» oyati kim haqida nozil bo'lgan? |
| Oyatdagi «Malomatchi nafs» qanday ma'noni anglatadi? |
| Qiyomat surasida Alloh taolo insonning qaysi a'zolarini daqiq joylarigacha asl holiga keltirishni aytgan? |
| Qiyomat surasidagi: «Bas, u tasdiqlamadi va namoz o'qimadi» oyati kim haqida nozil bo'lgan? |
| «Mursalat» so'zi qanday ma'noni anglatadi? |
| Mursalat surasidagi: «O'shal kunni yolg'onga chiqaruvchilarga vayl bo'lsin» oyati necha marta takrorlanadi? |
| Qur'oni Karimning 29-juzi nechta suradan iborat? |
| Qur'oni Karimning 29-juzidagi qaysi sura Madinada nozil bo'lgan? |
| «Naba'» so'zi qanday ma'noni anglatadi? |
| Naba' surasida: «Va shula taratuvchi chiroq ham qildik» oyatidagi «shula»dan murod nima edi? |
| «Nazi'aat» so'zi lug'atda qanday ma'noni anglatadi? |
| «Abasa» so'zi qanday ma'noni anglatadi? |
| Abasa surasining ilk oyatlari qaysi sahobiy sabab nozil bo'lgan? |
| «Va vaqtiki tiriklay ko'milgan qizdan so'ralsa» oyati qaysi suraga kelgan? |
| Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Qiyomat kuniga o'z ko'zi bilan ochiq-oydin nazar solmoqchi bo'lsa …», deb qaysi suralarni qiroat qilishni aytganlar? |
| «Mutoffifun» so'zi qanday ma'noni anglatadi? |
| «Inshiqoq» so'zi qanday ma'noni anglatadi? |
| «Asxabul-uhdud» qissasi qaysi surada zikr qilingan? |
| «Toriq» so'zi lug'atda nima ma'noni anglatadi? |
| Qaysi suraning oxirgi oyatida ikki payg'ambarning ismi zikr qilingan? |
| Qaysi surada, tuyaning qanday yaratilishiga nazar solmaydilarmi? - mazmunida oyat nozil qilingan? |
| Fajr surasida qaysi qavmlarning qissalari keltirilgan? |
| «Balad» so'zi qnday ma'noni anglatadi? |
| «Shams» so'zi qanday ma'noni anglatadi? |
| Shams surasida qaysi qavmning qissasi keltirilgan? |
| «Layl» so'zi qanday ma'noni anglatadi? |
| Layl surasidagi oxirgi oyatlardagi «atqo» (taqvodor) va «ashqo» (badbaxt)dan murod kimlar edi? |
| Makka mushriklari: «Muhammadning Robbi unga g'azab qildi, uni tark etdi», deb gap tarqatishgach, Alloh taolo qaysi surani nozil qildi? |
| «Sharh» so'zi qanday ma'noni anglatadi? |
| «Tiyn» so'zi qanday ma'noni anglatadi? |
| Alaq surasining dastlabki oyatlari qayerda nozil bo'lgan edi? |
| Qadr kechasi necha oydan yaxshiroq kecha? |
| Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Zalzala» surasini Qur'oni Karimning necha qismiga teng deganlar? |
| Adiyat surasida qaysi hayvonlarning vasfi kelgan? |
| «Al-Qori'atu» so'zi qanday ma'noni anglatadi? |
| Qaysi surani o'qish 1000 oyatga tengdir? |
| Sahobalardan ikki kishi uchrashib qolsalar, qaysi surani bir-birlariga o'qib bermasdan tarqalmas edilar? |
| «Humaza» so'zining ma'nosi nima? |
| «Lumaza» so'zining ma'nosi nima? |
| Ka'bani buzib tashlash niyatida qo'shin tortib kelgan podshoh kim edi? |
| Quraysh qabilasi yozda va qishda karvonlarini qayerga yuborar edi? |
| «Kavsar» so'zi lug'atda qanday ma'noni anglatadi? |
| Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Horis ibn Jabal roziyallohu anhuga kechasi uxlashdan oldin qaysi surani o'qishni aytganlar? |
| Nasr surasi qachon nozil bo'lgan? |
| Masad surasi kim haqida nozil bo'lgan? |
| Mushriklar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, «Bizga Robbingni sifatlab ber», deyishganda, qaysi sura nozil bo'ldi? |
| «Falaq» so'zi lug'atda qanday ma'noni anglatdi? |
| «Nas» so'zi lug'atda qanday ma'noni anglatadi? |
| Qur'oni Karimning 30-juzida nechta sajda oyati bor? |