| Savol |
|---|
| «Fotiha» surasi qayerda nozil bo'lgan va necha oyatdan iborat? |
| Payg'ambarimiz alayhissalom qaysi sura haqida Tavrotda ham, Injilda ham, Zaburda ham, Qur'onda ham bunga o'xshashi nozil qilinmagan, deganlar? |
| Mo'jiza, belgi, ibrat, dalil, ajoyib ish, jamoat kabi bir necha lug'aviy ma'nolarni bildiruvchi so'zni toping |
| Ulamolar istilohida Qur'oni Karim surasi tarkibiga kirgan, boshlanishi va tugashi belgili so'zlar toifasiga nima deyiladi? |
| Lug'atda qo'rg'on, manzil, sharaf ma'nolarini anglatuvchi so'zni ko'rsating |
| Qur'oni Karim oyatlarining qo'rgon ila o'ralgan bir toifasiga nima deyiladi? |
| Qur'oni Karimdagi eng qisqa sura qaysi? |
| Qur'oni Karimdagi eng uzun sura qaysi? |
| Qaysi sifat Allohning o'zigagina xos bo'lib, kofirga ham, mo'minga ham mehribon va ne'mat beruvchi ma'nolarini anglatadi? |
| Qiyomatda faqat mo'minlarga rahm qiluvchi Allohning sifatini ko'rsating |
| Ibodat - bu … |
| Fotiha surasidagi «G'azabga duchor bo'lganlar»dan murod kimlar edi? |
| Fotiha surasidagi «Adashganlar»dan murod kimlar? |
| «Ummul Qur'on» nomini olgan surani toping |
| «… - ma'nosi va lafzi Alloh tarafidan bo'lib, lekin ojiz qoldirish, mo'jizaviy xususiyati yo'q». Nuqtalar o'rnini to'ldiring |
| «Baqara» so'zining ma'nosi nima? |
| Payg'ambarimiz alayhissalom Makkadan Madinaga hijrat qilganlaridan keyin birinchi qaysi sura nozil bo'lgan? |
| Qaysi sura o'qilgan uyga shayton kirmaydi? |
| Payg'ambarimiz alayhissalom eng ajoyib iymon deb kimlarning iymonini zikr qilganlar? |
| Munofiqlik qanday illat? |
| Oyati karimadagi, «…ular esipastlardir va lekin o'zlari bilmaslar!» iborasi kimga nisbatan aytilgan? |
| Munofiqlarning vasfida «shamolga tebrangan kema singari tebranib turadi» iborasini kim keltirgan? |
| Qaysi imom «Payg'ambar alayhissalom davrlaridagi munofiq - hozirgi kunda zindiqdir», deganlar? |
| Hadisda «to'ntarilgan qalb» iborasi bilan kimning qalbiga nisbat berilgan? |
| Hadisda «musaffo qalb» iborasi bilan kimning qalbiga nisbat berilgan? |
| Hadisda «g'ilofi bog'langan qalb» iborasi bilan kimning qalbiga nisbat berilgan? |
| Hadisda kelgan «o'zgaruvchan qalb» qanday qalb? |
| Birovga «Alloh xohlasa va sen xohlasang», deyish qanday amal? |
| «Allohning ahdini bog'langanidan so'ng buzadigan…»lar kimlar? |
| Alloh taolo yer yuzidagi barcha narsalarni kim uchun yaratdi? |
| Alloh Odamga ulkan martaba ato etib, farishtalarni unga sajda qildirishidan nima ma'no bor edi? |
| Iblis asli qaysi toifadan edi? |
| Jannatdagi man qilingan daraxt qaysi daraxt edi? |
| «Isroil» qaysi payg'ambar alayhissalomning laqablari hisoblanadi? |
| Alloh taoloning «Oyatlarimni oz bahoga sotmang» (Baqara, 41-oyat) xitobi kimlarga qaratilgan edi? |
| «Bani Isroil» kimlar? |
| O'zlarining uzoq tarixlari davomida haqni botilga aralashtirib kelgan qavm qaysi qavm? |
| Alloh ilmsiz kishini 70 marta mag'firat qilganda, kimni bir marta mag'firat qiladi? |
| Do'zaxda o'z qornidan chiqqan narsalar atrofida xuddi tegirmonni aylantiradigan eshak singari aylanadiganlar kimlar? |
| Payg`ambarimiz alayhissalomning boshlariga qiyin ish tushganda shoshiladigan amallari qaysi amal edi? |
| Qadimgi Misr podshohlarinig laqabi nima edi? |
| Alloh dengizni ikkiga bo'lib yo'l ochib ularga najot bergan qavm kimlar edi? |
| Ashuro kunida kimlar ro'za tutadi? |
| «Shoyadki hidoyat topsangiz deb, Musoga kitobni va furqonni berganimizni eslang» (Baqara, 53-oyat) oyatidagi «furqon»dan murod nima? |
| Allohning «Maxluqotlarni tafovutdan xoli qilib yaratuvchi Zot» degan ma'noli sifatini toping |
| «Baqara» surasidagi «Ushbu qishloqqa kiringiz», degan jumladagi «qishloq»dan murod qayer edi? |
| «Hittatun» so'zining ma'nosi nima? |
| Alloh taolo Bani Isroilga osmondan qanday taomlarni tushirgan edi? |
| O'z tarixida qattiq kufrga ketgan, tajovuzkorlik qilgan va hidoyatni inkor etgan ummat qaysi ummat? |
| «Nasorolar» deganda qaysi payg'ambarga iymon keltirganlar nazarda tutiladi? |
| Mushriklardan o'z qavmining butlariga sig`inishini yoqtirmay, yangi aqiyda axtarib, oxiri, Ibrohim alayhissalom dinidamiz, deganlar qanday nomlangan? |
| Bani Isroilning o'zlari muqaddas sanaydigan kunlari qaysi? |
| Allohning «Quvilgan, xor-zor maymunga aylaning» (Baqara, 65-oyat) xitobi kimga qaratilgan edi? |
| Imom Termiziydan rivoyat qilingan hadisda Payg'ambarimiz alayhissalom: «Odamlarning Allohdan eng uzog'i» deb kimni aytdilar? |
| «Va iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlar, ana o'shalar jannat egalaridir...» (Baqata, 82-oyat) oyatidagi iymon qanday iymon? |
| «Va iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlar, ana o'shalar jannat egalaridir...» (Baqara, 82-oyat) oyatidagi yaxshi amallar qanday amallar? |
| Ahdu paymon nima? |
| Madinai Munavvara arablari qaysi qabilalarga bo'lingan edi? |
| Madinai Munavvara yahudiylari qaysi qabilalarga bo'lingan edi? |
| Bani Isroilga yuborilgan payg'ambarlarning oxirgisi kim? |
| Alloh taolo qaysi payg'ambar alayhissalomga nisbatan «Uni Ruhul Qudus bilan qo'lladik» (Baqara, 87-oyat), dedi? |
| Yahudiylar qaysi ikki ulul-azm payg'ambarlar o'rtasida kelgan payg'ambarlarning ba'zisini o'ldirdilar, qolganlarini yolg'onchiga chiqardilar? |
| Qur'oni Karimning «Bas, ozginagina iymon keltirurlar» (Baqara, 89-oyat) vasfiga mos bo'lib turganlar kimlar? |
| «Jabroilga dushman bo'lganlar» kimlar edi? |
| Jabroil so'zining lug'aviy ma'nosi nima? |
| Alloh taolo Tur tog'i tagida kim bilan ahdlashgan edi? |
| «Biz fitna - sinov uchunmiz, kofir bo'lmagin», demasdan oldin odamlarga sehr o'rgatmaganlar kimlar edi? |
| Pastkash yahudiylar musulmonlarni masxaralash uchun ishlatgan so'z qaysi so'z edi? |
| «Bizga nazar soling» ma'nonisini beruvchi iborani toping |
| Islomiy istilohda «ahli kitob» deb kimlarga aytiladi? |
| Hozirda qolmagan «ahli kitob»lar kimlar? |
| Mushriklar kimlar? |
| Alloh taoloning bir hukmni joriy qilib, vaqti yetganda uni amaldan qolishi qanday amal deyiladi? |
| «Nasx» so'zining lug'aviy ma'nosi nima? |
| Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhuning rivoyatlaricha sahobalar Payg'ambarimiz alaysalomdan nechta savol so'rashgan? |
| Kofirlarning «Alloh farzand tutdi» degan katta beobobliklarini Alloh taolo hadisi qudsiyda nima deb baholagan? |
| Yahudiylar kimning avlodi? |
| «… so'zi peshvo, oldindagi, boshlovchi shaxs ma'nolarini bildiradi» Nuqtalar o'rnini to'ldiring |
| «Odamlar qayta-qayta kelib to'ymaydigan joy» ma'nosini bildiruvchi so'zni toping |
| Tavofdan so'ng hamisha ikki rakat namoz o'qiladigan joy? |
| Arab mushriklari Baytullohni ma'naviy najas hisoblanmish butlar bilan iflos qilgan edilar. U butlar nechta edi? |
| «Robbimiz, bizdan qabul et, albatta, Sen eshitguvchi, bilguvchi Zotsan», deb nido qilgan payg'ambarlar kimlar edi? |
| Har bir narsani o'z joyiga qo'yish nima deyiladi? |
| Ibrohim alayhissalomning dinlari, millatlarini nima edi? |
| Ya'qub alayhissalomning amakilari kim edi? |
| Barcha botil dinlarni tashlab haq din tomonga burilish nima deyiladi? |
| Musulmonlar qancha muddat Baytul Maqdisga qarab namoz o'qishgan? |
| Bizda o'rta, yaxshi, markaz, adolatli degan ma'nolarni anglatuvchi so'z arabchada qanday ataladi? |
| Oyatdagi «Uni xuddi bolalarini tanigandek tanirlar»(Baqara, 146-oyat) jumlasida kimlar nazarda tutilgan? |
| Ojiz, zaif odamni quvvat va yordamning asl manbai bo'lmish Alloh taologa bog'lovchi vosita nima? |
| Qur'oni Karimning qaysi surasida Robbimiz, «Bas, Meni eslangiz, sizni eslarman. Ba Menga shukr qilingiz, kufr qilmangiz», deya marhamat qilgan? |
| Qur'oni Karimdagi: «Balki ular tiriklardir, lekin siz sezmaysiz» (Baqara, 154-oyat) oyati kimlar haqida nozil bo'lgan? |
| «Istirjo» aytishga buyurilgan oyat qaysi oyat? |
| «Istirjo» duosi keltirilgan qatorni toping |
| Qaysi onamiz Payg'ambarimiz alayhissalomga turmushga chiqishlarining sababini «istirjo» duosiga bog'laydilar? |
| Hadisni davom ettiring: «Birortangizning oyoq kiyimi ipi uzilsa ham, ...» |
| Shariatimizda Safo va Marva tepaliklari orasida say qilish qanday amal deb belgilangan? |
| Safo va Marva tepaliklari orasida ilk bor say qilgan inson kim edi? |
| Allohning amriga binoan Ibrohim alayhissalom go'dak o'g'illari Ismoil va ayollari Hojar onamizni qaysi joyda qoldirib ketganlar? |
| Zam-zam so'zining ma'nosi nima? |
| Hadisda keltirilishicha, kim bir ilmdan so'ralsa-yu, uni berkitsa qiyomat kuni uning ahvoli qanday bo'ladi? |
| Lug'atda «yechilgan» ma'nosini anglatuvchi so'zni toping |
| Sahl ibn Abdulloh: «Najot uch narsada - …, farzlarni ado etish, Payg'ambar alayhissalomga ergashishdadir», deganlar. Nuqtalar o'rnini to'ldiring |
| Hayvonni shariatga muvofiq so'yuvchi kishi kim bo'lishi kerak? |
| Sufyoni Savriy qaysi oyatni o'qib turib: «Yaxshiliklarning barcha turi shu oyatdadir», deganlar? |
| Ibn Kasir qaysi oyat haqida: «Kim shu oyat bilan sifatlansa, Islomning barcha sohalariga kirib, yaxshilikning boshini tutgan bo'ladi», deganlar? |
| Shariatda musulmon molining qancha qismi vasiyat qilinishi lozim deb topilgan? |
| Barcha dinlarda, hatto ilohiy bo'lmagan dinlarda ham farz bo'lgan ibodat qaysi ibodat hisoblanadi? |
| Arab tilida «savm» deyilgan ibodat turini toping |
| Ro'za arab tilida «savm» deyilib, lug'atda qanday ma'noni anglatadi? |
| Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda Payg'ambarimiz alayhissalom ro'zadorning qay vaqtdagi duosini ijobat vaqti deganlar? |
| Lug'atda bir narsani lozim tutish ma'nosini bildiruvchi so'z, shariatda esa masjidda, Allohga yaqinlik qilish niyatidagi ibodat nomi? |
| Ro'za qachon farz bo'lgan? |
| Shariat hukmiga ko'ra ro'zani tutish ham, ochish ham nimaga bog'liq? |
| Kishilarni dinidan qaytarishni Qur'oni Karim nima deb ataydi va uni odam o'ldirishdan ham yomonroq ish deb baholaydi? |
| Qaysi oylar urush harom qilingan oylar hisoblanadi? |
| Payg'ambarimiz alayhissalom ehsonga qanday ta'rif berganlar? |
| Islom shariatida maxsus makon, maxsus amallar bilan maxsus ibodatni amalga oshirishni bildiruvchi amal qanday amal deyiladi? |
| «Haj» so'zi lug'atda … |
| Lug'atda «ziyorat va obodlik» ma'nosini bildiruvchi amal qaysi amal hisoblanadi? |
| Haj yoki umraga chiqqan odam o'zi bilan qurbonlik qilish uchun olib chiqqan qo'y, echki, mol yoki tuyadan iborat hayvonga nima deyiladi? |
| «Bilish», «tanish» ma'nolarini bilgiruvchi so'zni toping |
| Ma'nosi «yaqinlashish» bo'lgan so'zni toping |
| Hojilar qayerda shom va xufton namozlarini qo'shib o'qiydilar? |
| Hanafiy mazhabiga ko'ra, Muzdalifada hayit fajrdan keyin bir lahza ham turish qanday amal? |
| «Allohni Mash'arul Haromda zikr qiling» oyatidagi Mash'arul Harom qayer? |
| Payg'ambarimiz alayhissalom, haj nimadan iboratdir deganlar? |
| Qur'oni Karimning qaysi surasida «Robbana atina...» duosi kelgan? |
| Payg'ambarimiz alayhissalom Baytullohning yonidan o'tganda qaysi douni o'qishni tavsiya qilganlar? |
| Makkadan Madinaga hijrat qilmoqchi bo'lganlarida qarshilikka uchrab, butun boyligini mushriklarga berib kelgan sahoba kim edi? |
| Iste'mol qilgan kishining aqlini to'suvchi, ya'ni bir oz bo'lsa-da ta'sir o'tkazuvchi barcha narsalarga nima deyiladi? |
| Alloh taolo xamrni qaysi sahoba uyida bo'lgan ziyofatdan so'ng butunlay harom qiluvchi oyatni nozil qildi? |
| Qasam necha xil bo'ladi? |
| Kafforat yo'q, gunoh ham bo'lmaydigan, ammo musulmonchilik odobidan bo'lmagan qasam turini toping |
| Bilib turib yolg'ondan qasam ichish turini toping |
| Niyat bilan bog'langan qasam turini toping |
| Er kishining o'z xotiniga yaqinlik qilmaslikka qasam ichishi nima deyiladi? |
| Iyloning eng uzoq muddati qancha? |
| Yana qaytib yarashib, oilaviy turmushni qaytadan boshlash mumkin bo'lgan taloq necha marta bo'ladi? |
| Islomdagi birinchi xulu' qaysi sahoba va uning ayoli orasida bo'lgan edi? |
| Islomda ayollarning o'z huquqlarini himoya qilish uchun ochib berilgan yo'l nima deyiladi? |
| Payg'ambarimiz alayhissalom aytgan «Allohning eng yomon ko'rgan haloli» nima? |
| Bitta yoki ikkita bo'lib, iddaning ichida qaytish mumkin bo'lgan taloq turi qanday nomlanadi? |
| Emizishni batamom qilishni iroda qilgan onalar farzandlarini qancha emizadilar? |
| Idda muddati qancha? |
| Bani Isroilning talabiga ko'ra, ularning Alloh yo'lida jang qiladigan urushlariga rahbarlik qilish uchun ixtiyor qilingan podshoh kim edi? |
| Muso alayhissalom vafot etganlaridan so'ng Bani Isroilga kim rahbar bo'ldi? |
| Bani Isroil va ularga podshohlik qilgan Tolut kimning askarlariga qarshi jang qilgan edi? |
| Tolutdan keyin Bani Isroilga kim podshoh bo'ldi? |
| Katta kuchga ega podshoh, hammaning qalbiga daxshat solgan askarboshi Jolutni kim o'ldirdi? |
| «Kalimulloh» laqabli payg'ambar alayhissalom kim? |
| «Kursi oyati» nomi bilan mashhur oyati karima «Baqara» surasining nechanchi oyati hisoblanadi? |
| Imom Ahmad va imom Muslim Allohning Kitobidagi eng ulug' oyat «Kursi oyati» ekanligini qaysi sahobadan rivoyat qilishgan? |
| «Kim har namozdan keyin «Oyatal kursi»ni o'qisa, uning jannatga kirishini faqat o'lim to'sib turadi, xolos». Ushbu hadis kimdan rivoyat qilingan? |
| «Oyatal kursi»ning fazli haqida shayton bilan bo'lgan hodisa qaysi sahobadan rivoyat qilinadi? |
| «Tug'yon» so'zidan olingan bo'lib, Alloh chizgan chiziqdan chiqishga nima deyiladi? |
| Nuqtalar o'rnini to'ldiring: «Alloh yo'lida mollarini sarflab, so'ngra sarflari ketidan … va …larning ajrlari Robblari huzuridadir» (Baqara. 262-oyat) |
| Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhuning tafsir qilishlaricha, maxfiysi oshkorasidan 70 marta ko'p savobga ega bo'linadigan sadaqa turini toping |
| Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhuning tafsir qilishlaricha oshkorasi maxfiysidan 25 marta ko'p savobga ega bo'linadigan sadaqa turini toping |
| Shariatda qarz beruvchi qarzdordan ma'lum vaqt muqobiliga asl mol ustiga oladigan ziyoda nima deyiladi? |
| Oyati karimada qabrlaridan «Faqat shayton urib, jinni bo'lgan kishidek dovdirab turarlar» iborasi kimlarga nisbatan ishlatilgan? |
| Qur'on ilmlari bilan shug'ullanuvchi ulamolar Alloh tushirgan oyatlar ichida eng oxirgi oyat qaysi oyat deganlar? |
| Payg'ambarimiz alayhissalom eng oxirgi oyat nozil bo'lgandan so'ng necha kun yashaganlar? |
| Qur'oni Karimdagi eng uzun oyat qaysi? |
| Qur'oni Karimdagi eng uzun oyat nima haqida nozil qilingan? |
| Qarz oldi-berdisi ishlarida farazan 2 er kishi topilmay qolsa, bir erkakning o'rniga nechta ayol guvohlikka o'tadi? |
| Payg'ambar alayhissalomga boshqa Payg'ambarlarlarga berilmagan ikki nur nimadan iborat edi? |
| Payg'ambarimiz alayhissalom: «Ular menga Arsh ostidagi xazinadan berilgan», deb qaysi oyatni nazarda tutganlar? |
| «Oli Imron» surasi qayerda nozil bo'lgan va necha oyatdan iborat? |
| «Oli Imron» surasida asosan qaysi toifa haqida so'z yuritiladi? |
| Payg'ambarimiz alayhissalom, qiyomat kuni Qur'on va unga amal qilgan ahllari keltirilganida qaysi suralar bosh bo'lib keladi, deganlar? |
| Qur'oni Karim oyatlari necha turga bo'linadi? |
| Mahkam, ochiq-oydin, boshqa yoqqa burib bo'lmaydigan degan ma'nolarni beruvchi Qur'on oyatlari qanday oyatlar deyiladi? |
| O'xshash, bir-biridan ajratish qiyin, bir necha ma'nolarni anglatadigan degan ma'nolarni beruvchi Qur'on oyatlari qanday oyatlar deyiladi? |
| Qur'onning aslini tashkil qiluvchi oyatlar qanday oyatlar deb ataladi? |
| Haqiqiy ta'vilini faqat Alloh taoloning O'zigina biladigan oyatlar qanday oyatlar deb ataladi? |
| «Ishtaha» so'zidan olingan bo'lib, ko'ngil tusashi, xoxlashini bildiruvchi so'zni toping |
| Payg'ambarimiz alayhissalom zimmadagi qarzdan qutulish uchun o`qishni tavsiya qilgan duolarini ko'rsating |
| O'zini sirtdan do'st ko'rsatib, jonni, molni va nomusni dushmanlardan saqlab qolishga nima deyiladi? |
| Bashariyatning ikkinchi otasi nomini olgan payg'ambar alayhissalom kim? |
| Alloh taolo olamdagi ayollardan ustunlikka kimni musharraf etdi? |
| Iso alayhissalomga Alloh yo'lida yordamchi bo'lganlar kimlar edi? |
| «Havoriy» so'zi qanday ma'noni anglatadi? |
| O'zi uchun eng mahbub bo'lgan «Haa» nomli qudug'ni Alloh roziligi yo'lida sadaqa qilgan sahobiyni toping |
| Makkaning ismlaridan biri, lug'aviy ma'nosi «taqillatib urmoq» bo'lgan nomni toping |
| Kim baytullohdagi «Maqomi Ibrohim»ni namoz o'qiyotganlar tavof qilayotganda xalaqit bermasin deb chetroqqa oldirgan? |
| «Barchangiz Allohning arqonini mahkam tuting...» (Oli Imron, 103-oyat) oyatidagi «Allohning arqoni»dan murod nima? |
| Nuqtalar o'rnini to'ldiring: «Odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat bo'ldingiz. Amri ma'ruf qilasiz, … qilasiz va…» (Oli Imron, 110-oyat) |
| Taqdiriga Allohning g'azabi va miskinlik bitilganlar kimlar edi? |
| Payg'ambarimiz alayhissalom Uhud jangiga qancha sahobalari bilan chiqdilar? |
| Payg'ambarimiz alayhissalom Uhud jangiga chiqqanlarida Madinada qolganlarga jamoat namozini o'qib turishni kimga buyurdilar? |
| Uhud jangida askarlarning uchdan birini olib qaytib ketgan munofiq kim edi? |
| Payg'ambarimiz alayhissalom Uhudda o'z qilichlarini qaysi sahobaga bergan edilar? |
| Uhud jangida musulmonlar askarining orqa tomonini qo'riqlashga kim boshliq etib tayinlandi? |
| Uhud jangida musulmonlarning bayroqdori kim edi? |
| Uhud jangida Payg'ambarimiz alayhissalomni himoya qilib, necha kishi shahid bo'ldi? |
| Uhud jangida Payg'ambarimiz alayhissalomning muborak yonoqlariga kirgan dubulg'a xalqasini tishi bilan tortib chiqargan sahoba kim edi? |
| Kimning vafoti munosabati bilan Payg'ambarimiz alayhissalom: «Sening musibatingdek musibatga uchramasam kerak», dedilar? |
| Ikkinchi hijriy sanada, o'n yettinchi Ramazon, juma kuni qaysi jang bo'lgan? |
| Qaysi urushda musulmonlar 1000 kishilik qo'shinga qarshi 313 kishi jang qilib g'olib bo'lganlar? |
| Qaysi hodisa tufayli ushbu oyat nozil bo'lgan: «Muhammad bir rasul, xolos. Undan avval ham rasullar o'tgan. Agar u o'lsa yoki qatl qilinsa orting'izga qaytasizmi?!» |
| Qur'oni Karimda kelgan «Ikki to'p to'qnashgan kuni» iborasi qaysi urush bo'lgan kun haqida keltirilgan? |
| Nasibalarida ruhlari yashil qushning ichida bo'lishi, Arshda osilgan qandillari bo'lishi, jannatnatning xohlagan joyiga borib-kelishi mumkin bo'lganlar kimlar? |
| Ibrohim alayhissalom o'tga tashlanganlarida qaysi duoni o'qigan edilar? |
| «Hasbunallohu va ni'mal vakil» duosi «Oli Imron» surasining nechanchi oyatida keltirilgan? |
| Hadisda rivoyat qilingan qanday kishilarning bo'yniga ikki xolli ulkan ilon ikki chekkasidan tishlaydi? |
| Payg'ambarimiz alayhissalom tom tagiga o'tirganlarida, kimlar ustlaridan tosh tashlab o'ldirmoqchi bo'lgan edi? |
| Habashiston podshosi Najoshiy avval qaysi dinda bo'lgan? |
| Kim Payg'ambarimiz alayhissalom nomlaridan sovchilik qilib, bu xizmati uchun yuksak bahoga sazovor bo'lgan? |
| Hadisni davom ettiring: «Ikki ko'zga (do'zaxda) o't tegmaydi: Allohdan qo'rqib yig'lagan ko'zga va …» |
| «Niso» surasi qayerda nozil bo'lgan va necha oyatdan iborat? |
| «Niso» so'zining ma'nosi nima? |
| Hajmi jihatdan Qur'oni Karimda ikkinchi o'rinda turadigan surani toping |
| Yetimlarning haqlariga rioya qilish, kichik yoshdagi bolalar, zaif kishilar va ayollarning huquqlarini himoya qilish masalalari qaysi surada alohida e'tibor berilgan? |
| «Agar yetimlarga adolat qila olmaslikdan qo'rqsangiz, o'zingizga yoqqan ayollardan ikkitami, uchtami, to'rttami nikohlab oling» oyatdagi yetimlardan murod kimlar? |
| Lug'atda «qotirish» ma'nosida kelib, amalda molni yaxshi tasarruf qilishni bilmaydiganlarga o'z holicha mol-mulk ishlatishni man etishga nima deyiladi? |
| Shariat takliflarini amalga oshirishi lozim bo'lgan shaxs … deyiladi |
| «Qiyomat kuni bir qavmlar og'izlaridan olov purkalib turgan holda tiriladilar». Ushbu hadis kimlar haqida nozil qilingan? |
| Merosni to'g'ri taqsim qilishga bog'liq ilm qanday nomlanadi? |
| Payg'ambarimiz alayhissalom: «Ummatimdan birinchi sug'urib olinadigan narsa ...», deganlar. Nuqtalar o'rnini to'ldiring |
| Islomda dunyoga kelgandan to umrining oxirigacha moddiy jihatdan ta'minlanganlar shaxslar kim hisoblanadi? |
| Bir odam vafot etsa, undan qolgan merosdan avval … |
| Payg'ambarimiz alayhissalom:"…ni o'rganinglar va uni odamlarga o'rgatinglar. U ilmning yarmidir. U unutiladi." deganda qaysi ilmni nazarga tutganlar? |
| Agar bir odam vafot etib, uning o'g'li bo'lmasa va ikkitadan ortiq qizi bo'lsa, qizlar merosning qancha qismini olishadi? |
| Bir odam, «O'lganimdan keyin hamma molimni Alloh yo'lida sadaqa qilinglar», desa, mazkur ish amalga oshiriladimi? |
| Ro'zg'or ko'rmagan bilan zino qilsa shariat bo'yicha qanday jazo qo'llash kerak? |
| Boshqa ishda ikki kishining guvohligi qabul qilinsa ham, qanday gunohning guvohligiga to'rtta musulmon erkak bo'lishi shart? |
| Arabchada «tavba» so'zi qanday ma'noni anglatadi? |
| «Sho'ring qursin! Oilalar muhabbat uchun qurilmaganmi?! Rioyat qani?! Mas'uliyat qani?!» fikrlari kimga tegishli? |
| Ayollarning mahrini 400 dirhamdan oshirmaslik fatvosinni berganda, bir qurayshlik ayol bilan tortishib, fatvoni o'zgartirgan xalifa kim edi? |
| Islomda uylanmoqchi bo'lgan insonga farz bo'lgan shart nima? |
| Kelinga kuyov tomonidan mahr berilishi qanday amal? |
| Nuqtalar o'rnini to'ldiring. Payg'ambarimiz alayhissalom: «Taomi, kiyimi va qudrati yetmaydigan ishga buyurmaslik …ning haqqidir», deganlar |
| Lug'atda «qasd qilmoq» ma'nosini anglatuvchi so'zni toping |
| Kimlar Payg'ambarimiz alayhissalom va musulmonlarni ko'rsalar, «As-Somu alaykum» (Sizlarga o'lim bo'lsin) der edi? |
| Ulug' tobe'in Ka'bul Ahborning Islomga kirishlari qaysi xalifa davrlariga to'g'ri kelgan? |
| Yaratuvchilikda, ibodatda va tarbiyakunandalikda Allohdan boshqani Unga sherik deb bilish nima deyiladi? |
| Payg'ambarimiz alayhissalom, qanday holda vafot etgan inson mag'firatga sazovor bo'ladi, deganlar? |
| Allohning shariatidan boshqa shariat va Allohning shariatiga asoslanmagan hukm nima deyiladi? |
| Musulmonlar hayotida yangi paydo bo'lgan, Qur'onda va sunnatda zirk qilinmagan, ammo shunga o'xshash boshqa masalani yangisi bilan taqqoslab, hukm chirarish … |
| Alloh qalblardagi sir tutilgan hamma narsalarni bilib turishidan go'fillik nimaning asl sababi? |
| Nuqtalar o'rnini to'ldiring: Payg'ambarimiz alayhissalom: «Kishining … har eshitgan narsasini gapiraverishi kifoya qiladi», deganlar |
| Islomda tanigan-tanimaganga salom berish qanday amal? |
| Islomda salomga alik olish qanday amal? |
| Ulamolar Islomda urush qilinsa-da, qaysi maqsad uchun qilinadi, deyishgan? |
| Dinu dinoyatni deb, vatanni tark etishga nima deyiladi? |
| Hanafiy mazhabiga ko'ra safar masofasi qancha hisoblanadi? |
| Qasr namozi necha rakatdan iborat? |
| Hanafiy mazhabi bo'yicha, musofir bir joyda 15 kun va undan ortiq turishni niyat qilsa namozni qanday o'qiydi? |
| Hanafiy mazhabi bo'yicha, musofir bir joyda 15 kundan kam turishni niyat qilsa namozni qanday o'qiydi? |
| Payg'ambarimiz alayhissalom namoz va sadaqadan afzal daraja deb nimaning xabarini berganlar? |
| Xotin bo'lib xotin emas, boshi ochiq bo'lib boshi ochiq emas, arosat bir holda qollgan ayol kim deb ataladi? |
| Oyati karimada kelgan, namozga tursalar dangasalik bilan, xo'jako'rsinga turadigan va Allohni kamdan-kam zikr qiladigan toifalar kimlar? |
| Kim uni barpo qilsa, dinni ham barpo qiladi. Kim uni barpo qilmasa, dinni ham barpo qilmaydi. U qanday amal? |
| Payg'ambarimiz alayhissalom dinimizning qaysi arkoni haqida: «Biz bilan boshqalar boshqalarning orasidagi farq», deganlar? |
| Do'zaxning eng qa'riga - eng ostki qavati, oyatda «ad - Darkul asfal»ga kimlar tashlanadi? |
| Nuqtalar o'rnini to'ldiring: Payg'ambarimiz alayhissalom: «… qilgin, senga ozgina amal kifoya qilur», deganlar |
| Alloh taolo yomon gapni oshkor qilinishini xush ko'rmasa-da, faqat bir toifaga oshkor gapirishga ruxsat bergan. Bu qaysi toifa? |
| «Ey odamlar! Sizga Robbingizdan burhon keldi va sizga aniq nurni nozil qildik» (Niso, 174-oyat) oyatdagi «burhon»dan murod nima? |
| Assalom alekum va rohmatullohi va barokatuh. "Baqara" sur'asi qachon qayerda nechanchi bo'lib nozil bo'lgan? |
| Assalom alekum va rohmatullohi va barokatuh. "Baqara" sur'asi qachon qayerda nechanchi bo'lib nozil bo'lgan? |
| Assalom alekum va rohmatullohi va barokatuh. "Baqara" sur'asi qachon qayerda nechanchi bo'lib nozil bo'lgan? |
| Qaysi sura faqat bitta payg'ambarni qissasini so'zlaydi |
| Qaysi sura faqat bitta payg'ambarni qissasini so'zlaydi |
| Najodiy avval qaysi dinga boʻlgan |
| Najodiy avval qaysi dinga boʻlgan |